Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari Bahodir Jalolov va Hasanboy Do‘smatovga “A’lo xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni va muddatidan oldin podpolkovnik harbiy unvoni berildi.
O‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov germaniyalik raqibini ishonchli tarzda mag‘lubiyatga uchratib, Parij Olimpiadasi finaliga yo‘l oldi. U Olimpiada o‘yinlarida “oltin” uchun jang qiladigan to‘rtinchi o‘zbekistonlik bokschi bo‘lmoqda.
O‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov birinchi raunddayoq nigeriyalik Onoriyede Evarieme ustidan muddatidan avval g‘alaba qozonib, professional ringdagi 13-g‘alabasini qo‘lga kiritdi (video).
Bokschi Bahodir Jalolov JCH finalida kubalik raqibi ustidan g‘alaba qozondi va ikkinchi bor jahon chempioni bo‘ldi. Shu tariqa finalning birinchi kunida o‘zbekistonlik bokschilar 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Shanba kuni tongda o‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov Nyu-York shahrida belgiyalik charm qo‘l qop ustasi Jek Mulovaiga qarshi ringga ko‘tarildi. 27 yoshli Jalolov 8-raundda raqibini nokautga uchratdi. Shu tariqa u professional boksdagi 11-jangida ham g‘alabaga erishdi.
O‘zbekistonlik professional bokschi Bahodir Jalolov raqibi Xulio Kalimenoni birinchi raunddayoq nokautga uchratdi. U jahon chempionligi uchun jang qilish hamda og‘irvazn toifasida barcha kamarlarni O‘zbekistonga olib kelish niyatida ekanligini ma’lum qildi. «Kim bilan bo‘lsa ham ringga chiqishga tayyorman. Entoni Joshua, Aleksandr Usik, Tayson Fyuri… Menga farqi yo‘q», — dedi Bahodir Jalolov.
Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi Rahmatjon Ro‘zioxunov «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida nega murabbiylikni tanlagani, Bahodir Jalolovga qanday motivatsiya berganligi, shogirdlarini qanday tarbiyalashi va Olimpiada finalidan keyingi hissiyotlari bilan o‘rtoqlashdi.
Prezident topshirig‘i bilan boks bo‘yicha Tokio-2020 Olimpiada o‘yinlarida oltin medal sohibi bo‘lgan Bahodir Jalolovning sport mahorat maktabi tashkil qilinadi.
Faxrga to‘lgan Bahodir Jalolov va Akbar Jo‘rayevning onalari, ikkinchi marta Olimpiadada qatnashgan taekvondochi Nigora Tursunqulova, bolalar sportini rivojlantirmoqchi bo‘lgan Oksana Chusovitina — Tokiodan qaytgan o‘zbekistonlik sportchilar “Gazeta.uz” muxbiriga intervyu berishdi.
O‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov Olimpiada finalida o‘z raqibini yengib, oltin medali sohibi bo‘ldi. Bu O‘zbekiston delegatsiyasi uchun musobaqadagi uchinchi oltin medali bo‘ldi.
Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining so‘nggi kunida bokschi Bahodir Jalolov «oltin» uchun jangda AQSh vakili Richard Torresga qarshi ringga ko‘tariladi. U bilan 2019 yilgi jahon chempionati chorak finalida ham uchrashgan.
O‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining final bosqichiga yo‘l oldi. Unga finalda AQSh vakili Richard Torres raqiblik qiladi.
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Olimpiada ochilish marosimida bayroqdorlar sportchilarni ortiqcha toliqtirmaslik uchun almashtirilganini ma’lum qildi.
Toshkentda bo‘lib o‘tgan professional boks kechasida ringga ko‘tarilgan o‘zbekistonlik sakkiz nafar bokschining barchasi g‘alaba qozondi. Murodjon Ahmadaliyev Ryosuke Ivasani muddatidan oldin mag‘lub etib, WBA Super va IBF yo‘nalishlari chempionligini munosib himoya qildi. Shuningdek, Shahrom G‘iyosov meksikalik Patrisio Morenoni nokautga uchratdi, Hasanboy Do‘smatov esa Muxsin Kizot ustidan g‘alaba qozondi. Yakkaliklar natijalari — «Gazeta.uz» sharhida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting